To'ying belgilanibdi
Chaqirmabsan bir og'iz
Menda ko'ngling yo'qligini
Aytmapsanda yalmog'iz
Men bilan yurganmiding
Shunchaki xumoriga
Seni isming yozgandim
Sevgimni tumoriga
Gul ko'tarib borardim
Gar chaqirsang to'yinga
O'zim o'ynab kuzatardim
Seni yangi uyinga
Alamlarim ichimga
Yutib muloyimgina
To'yingda yor yor aytib
Kuzatardim jimgina
Hammadanam chiroyli
O'ynab berardim o'zim
Bunchayam yolg'onchisan
O'zimni qora ko'zim
Xayrlashib qo'ymapsan
Sevgimizni xurmati
Barini vayron qilib
Xursandmisan lanati
To'ying belgilanibdi
Chaqirmabsan bir og'iz
Menda ko'ngling yo'qligini
Aytmapsanda yalmog'iz
Men bilan yurganmiding
Shunchaki xumoriga
Seni isming yozgandim
Sevgimni tumoriga
Muhabbatim ko'zidan
Yoshlar oqar tim tim
Orzularim bir chetda
O'tiradi jim jim
Endi seni bilmadim
Baxtli qilar kim kim
Sevgidan so'z ochmayman
Jim bo'laman jim jim
O'zimga o'zim qildim
Senga berib dilimni
Afsuslanib o'tiribman
Endi tishlab tilimni
Xonamda yolg'iz o'zim
Taskin berib o'zimga
Sendan bitta iltimos
Ko'rinmagin ko'zimga
Men bilan yurganmiding
Shunchaki xumoriga
Seni isming yozgandim
Sevgimni tumoriga
Menga qiziq to'g'risi
Yarashdimi oq libos
Qanday kelin bo'lishingni
Ko'rmoqchi edim holos
Ko'zlaringa termulib
So'ngi bora ko'rardim
Chaqirmabsanda meni
Men ham to'yga borardim
Sevgi sen uchun nima
Javobi yo'q savol bo'ldi
Bechora be ayb edi
Meni sevgim uvol bo'ldi
Borolmaymanmi endi
Ko'rgim kelib yoninga
Aytchi sen ham sog'insang
Tushamanmi yodinga
To'ying belgilanibdi
Chaqirmabsan bir og'iz
Menda ko'ngling yo'qligini
Aytmapsanda yalmog'iz
Men bilan yurganmiding
Shunchaki xumoriga
Seni isming yozgandim
Sevgimni tumoriga
|