Yagzon, Malika - Bora bora qo'shiq matni

Tugayabdi sevgimiz sezayapsanmi?
Uzilmoqda oramiz sezayapsanmi?
Faqat menman kundan kun
Ado bo'lib boryotgan
Balki sen ham yuraging ezayapsanmi?

Xayrlashdi shunchaki qol yonimda demadi
Balki bizni sevgida omadimiz kelmadi
Ertaklarda sevgida baxtli yakun bor edi
O'xshmadi bizniki bizda bunday bo'lmadi

Sevgi shumi nahotki
Kinolarda boshqacha edi
Go'yo hamma baxtliyu
Nuqul menda o'xshamaydi

Baxtli sevgi qissasidan
Umidlarim uzilgan
Balki qismatim shunday
Peshonamga yozilgan

Yurakni ham olaqol
Endi undan foyda yo'q
Sevgi shavqatsiz o'yin
Hech qanaqa qoida yo'q

Tugamoqda hammasi
Bo'ldi bo'lar bo'lgani
4 ta dona atirgul
Sevgimizdan qolgani

Bora bora bora uziladi ora
Senda ayib yo'q menman qora
Dona dona dona eding bir dona
Taqdir bo'lida bir bahona

Chora chora chora topilmadi chora
Ko'nglimda yurak ham u bechora
Bora bora bora uziladi ora
Senda ayib yo'q menman qora

Hammasini sezardim yo'qolardi sevgimiz
Uzoqlashib borardik kundan kunga ikkimiz
Nega sen bilan o'zi o'xshamadi baxtimiz
Qayerlarda qoldi ayt bizni qilgan axtimiz

Esingdami hammasi yaxshi edi boshida
Huddi o'zimiz kabi sevgimiz ham yosh edi
Tinmas edi qo'ng'iroq sog'inar eding meni
O'ylamasdim bir kuni yo'qotaman deb seni

Yonar edi baxtdan oldinlari ko'zlarim
Hozir esa sen uchun qolmayapti ko'zlarim
Hayollarimda yana o'tmishimizga qaytib
O'sha joylardan yana seni izladim

Kechalari tunda uxlay olmasam
Ayt nima qilay seni unutolmasam
Taqdir hazillashdimi yoki men bilan
Nega uchratdim seni birga bo'lmasam

Bora bora bora uziladi ora
Senda ayib yo'q menman qora
Dona dona dona eding bir dona
Taqdir bo'lida bir bahona

Chora chora chora topilmadi chora
Ko'nglimda yurak ham u bechora
Bora bora bora uziladi ora
Senda ayib yo'q menman qora

Shoshmagin bir pas to'xtagin yor
Aytolmagan hali ko'p gapim bor
Endi ayt seni qaydan topay
Yurak qilganda seni xumor

Kelolmasang ayt boray o'zim
Yo'lingda qoldi qora ko'zim
Meni hech qachon unutmagin
Bu senga meni so'ngi so'zim

Просмотров: 19 | Теги: Yagzon, Malika, Bora bora | Дата релиза: 10.01.2026 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен