Yarashgan oq libosi
Maylida baxtli bo'lsa
Borardim menga qolsa
To'yinga ko'rgani
G'ururim qo'ymayapti
Borma deb so'rayapti
Ne qilay bo'lmayapti
Qolgandim o'rganib
Ko'zlaringda hayolim
Bo'lmadingda ayolim
Endi boshqami yo'lim
Taqdir emas ekan
Bermadilar seni menga
Mos emas ekanman senga
Sotilar endi kimga
Yurak ko'nmas ekan
Chal og'ayni chal balandroq
Ayriliqni kuyiga o'ynab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Eng dardli qo'shiqni kuylab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Ayriliqni kuyiga o'ynab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Eng dardli qo'shiqni kuylab beraman
Chiroyli kelin bo'psan
Xursand bo'ldim sen uchun
Baxtli bo'lgin men uchun
Kulib yurgin gulim
Nima bo'ptida endi
Yolg'iz qilaman sayir
Senga deymanda xayir
Sekin siltab qo'lim
Men unutmayman seni
Sen unut meni
Axir endi boshqani
Go'zal ayolisan
Men senga yetolmadim
Yoningda bo'lolmadim
Mana endi o'zgasin
Jufti halolisan
Mayli esla har zamonda
Esla endi onda sonda
Telbaday sevgandi de
Meni deb kuygandi de
Topolmadi u bir chora
Taqdir ekanda na chora
Meni jimgina kuzatdi
Jilmaygancha bechora
Chal og'ayni chal balandroq
Ayriliqni kuyiga o'ynab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Eng dardli qo'shiqni kuylab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Ayriliqni kuyiga o'ynab beraman
Chal og'ayni chal balandroq
Eng dardli qo'shiqni kuylab beraman
|