Firuz Ruzmetov - Sevmay o'lay (Shoir bo'ldim 2) qo'shiq matni

Dardlarim qo'shiq qilsam
Aqldan ozgan deding
Alamdan yozdim desam
Kulib yuragim yeding

Oq qog'ozga dardim bitib
Kuyga solsam nola qilib
Sen o'qisang she'rlarimni
so'zlari yuraging tilib

Ayt ko'ngilda nima qilsam
She'rlar yozga qo'lim sinsa
Ismingni bir aytsam edi
Qani edi hamma bilsa

Muhabbatdagi xatoyim
Aldar eding kulib doim
O'lim ayirar deganding
O'lmadika bevafoyim

Sevmay o'lay sevgi qursin
Ko'rsataman qarab tursin
G'am aralash darddan bo'lgan
Qo'shiqlarim eshitib yursin

Eh kimlarni sevding dilim
Essiz o'tdi shuncha kunim
Eplab qo'shiq aytolmadim
Mayli eshitgin so'ngi kuyim

Sevmay o'lay sevgi qursin
Ko'rsataman qarab tursin
G'am aralash darddan bo'lgan
Qo'shiqlarim eshitib yursin

Eh kimlarni sevding dilim
Essiz o'tdi shuncha kunim
Eplab qo'shiq aytolmadim
Mayli eshitgin so'ngi kuyim

Просмотров: 51 | Теги: Nadyr, Ismigul (Enigma) | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен