Bolalik zo'r bo'lardi
Sovuq ichsam onam urardi
Dod yig'lab qochardim
Jaxl qilsam hamma kulardi
Bolalik zo'r bo'lardi
Yiqilsam yugurib otam kelardi
Bir erkalab o'pardi
Yiqilganim shu on unutardim
Eslayman o’sha damlarni
Burchakka bekinib devorga chizardim
O’yinchoqlarim faqat buzardim
Yangi yilda kuni bo’yi archa bezardm
O'sha eski bog'cha
Opam uxlamoqchi
Men esa qochmoqchiman
Qizlar aytmoqchi
Lekin baribir qochardim
Befoyda ushlash
Yech kimga yoqmasdi
Abetda uxlash
Hamma yasardi pistolet buxankadan
Bekinmachoq o'ynaganda qochardik bir chekkadan
O'ynardik don don bir chertkidan
Varraklar yasardik aygen paketlardan
Hayajonli xotiralar maktabda ilk kun
Tayoqcha chizishni o'rgandim 3 kun
Ustozim kirganda aytardik jo'r bo'lib
Assalomu alaykum
Har kun tayorgarlik alifbe bayram
A harf tushgandi sher yodlagani
Qizlar salonga ilk bor kirgani
Onalar pul yig'ardi video chaqirgani
Sinfdosh edi birinchi sevgim
Hozir ham qiziq goh kelar ko'rgim
O'sha onlarni kelar qaytargim
Sog'indim bugun yoshligim
Futbol o'ynardik chiqib o'qishdan
Darvoza bo'lardi yarimta g'ishdan
Charchab esladim bugun chiqib ishdan
O'ynarman ertaga bo'shab tashvishdan
Vaqt tez o'tarkan ulg'aydik ancha
Ko'rsatda onamni oqargan sochi
Oqlayman otamni hamma ishonchi
Ishladi bizlar uchun charchagancha
Hech biri sevmadi onam sevgancha
Hech kim berolmadi otam bergancha
Ko'p adashdim tushunib yetguncha
Bo'ling yonimda dunyo turguncha
Bolalik zo'r bo'lardi
Sovuq ichsam onam urardi
Dod yig'lab qochardim
Jaxl qilsam hamma kulardi
Bolalik zo'r bo'lardi
Yiqilsam yugurib otam kelardi
Bir erkalab o'pardi
Yiqilganim shu on unutardim
|