Ikki ko'zim tor ko'changda qolib ketdi
Sevganimni begonalar olib ketdi
Bir bechora sodda oshiq qolib ketdi
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Sevishimni bilar edi otangiz ham
Maqtar edi zo'r yigit deb onangiz ham
Bunday kunni ko'rmasin hech bolangiz ham
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Bunday kunni ko'rmasin hech bolangiz ham
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Xazonmidi biz o'stirgan gullarimiz
Ravon bo'lmay to'sildiku yo'llarimiz
Bir bora ham tutilmadi qo'llarimiz
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Netay ahir olovlarda qolib ketdim
Siz o't qo'ygan gulxanlarda yonib ketdim
Qolib ketdim yolg'iz bo'lib qolib ketdim
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Sevishimni bilar edi otangiz ham
Maqtar edi zo'r yigit deb onangiz ham
Bunday kunni ko'rmasin hech bolangiz ham
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Bunday kunni ko'rmasin hech bolangiz ham
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
Xazonmidi biz o'stirgan gullarimiz
Ravon bo'lmay to'sildiku yo'llarimiz
Bir bora ham tutilmadi qo'llarimiz
Peshonamda shu kunlar ham bormidi yor
|