Dildora Niyozova - Taqsirim qo'shiq matni

Taqsirim bir yangilaymi
Sovib qolgan bo'lsa choyiz
Faqat bizga ayting haymi
Sevish joizmi nojoiz

Xabar yo'qmi bu otlarda
Naminbarda ayt mast foiz
Yoring bilan xilmatlarda
Yurish joizmi nojoiz

Ahdga vafo, diyonatli
Qolganmi o'n, o'n besh foiz
Muhabbatga sadoqatli
Bo'lish joizmi nojoiz

Ahdga vafo, diyonatli
Qolganmi o'n, o'n besh foiz
Muhabbatga sadoqatli
Bo'lish joizmi nojoiz

Hayronaman shu toblarda
So'rayabman o'shal bois
Ne deyilgan kitoblarda
Bilish joizmi nojoiz

Bormi sevgi vazirligi
Bir javobgar yo bir rais
Sira yo'qdir hazilligi
Sevish joizmi nojoiz

Ahdga vafo, diyonatli
Qolganmi o'n, o'n besh foiz
Muhabbatga sadoqatli
Bo'lish joizmi nojoiz

Ahdga vafo, diyonatli
Qolganmi o'n, o'n besh foiz
Muhabbatga sadoqatli
Bo'lish joizmi nojoiz

Просмотров: 18 | Теги: Taqsirim, Dildora Niyozova | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен