Dildora Niyozova - Kechir qo'shiq matni

Rizolatga to'la dunyo boylar ko'zi
Yolg'on yuzli odamlari poylar izim
Xatolarim shaytonlarga to'nkab o'zim
Bandamanda deya yurgan inson menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Sendan qochgan yana senga qaytar ohin
Maxshar kuni tavbasini aytar ohin
Shular kabi bo'lib qolmay deyman axir
Ikki yo'lning orasida sarson menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Gunohlarga qadam qo'ygan yomon menman
Qalbi chechak emas asli xazon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Gunohlarga qadam qo'ygan yomon menman
Qalbi chechak emas asli xazon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Gunohidan qo'rqamanu lekin ammo
Shu gunohga qo'l cho'zaman bilmay go'yo
Bu qandayin amal bo'ldi yo tavbayo yo
Vada berib vadalari arzon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Saodatga eltar yo'lga qo'ysam qadam
Yuragimni tirnamasdi behuda g'am
Senga loyiq banda bo'lsam deyman men ham
Xatolarga qaytgisi yo'q pushaymon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Gunohlarga qadam qo'ygan yomon menman
Qalbi chechak emas asli xazon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Robbisidan uzoqlashgan nodon menman
Gunohlarga qadam qo'ygan yomon menman
Qalbi chechak emas asli xazon menman
Kechir meni yo Allohim kechir meni

Просмотров: 10 | Теги: Dildora Niyozova, Kechir | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен