Dildora Niyozova - Er bo'lmasa, kimsan ayol qo'shiq matni

Haddingni bil haddingdan oshma
Dengizdayin koʻpirma toshma
Bir savol bor javob ber shoshma
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Kelin yanga turarlar qopib
Otang qoʻyar eshikni yopib
Akang -ukang ketar yoʻl topib
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol
Har nelarni qilma sen hayol

Dunyo juftlik yaralgan asli
Er va ayol odamzod nasli
Qahratonmi yo koʻklam qasri
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Dunyo juftlik yaralgan asli
Er va ayol odamzod nasli
Qahratonmi yo koʻklam qasri
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Kimga kerak sendagi ros noz
Yuzingdan ming tusli pardoz
Xushlimisan yo xushsiz tannoz
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Gʻolib chiqsang har qanday jangda
Raqiblarni qoldirib dangda
Yolgʻonlardan koʻylak kiysangda
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol
Har nelarni qilma sen hayol

Dunyo juftlik yaralgan asli
Er va ayol odamzod nasli
Qahratonmi yo koʻklam qasri
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Dunyo juftlik yaralgan asli
Er va ayol odamzod nasli
Qahratonmi yo koʻklam qasri
Er boʻlmasa ayt kimsan ayol

Просмотров: 28 | Теги: kimsan ayol, Dildora Niyozova, Er bolmasa | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен