Bugun yurak chidolmadi 
Bevafo yor azobiga 
Ko‘ndim bo‘ldi yonmagin deb 
Ayriliqning azobiga 
Yor yor yangrar ko‘chasidan 
Baxtlar tilar dugonalar 
Yillab mening sevganimni 
Olib ketay begonalar 
Sevdim sevib ado bo‘ldim 
Sevmay o‘lay sevmay o‘lay 
Oq libosda ko‘rdim bugun 
Yor to‘yiga kelmay o‘lay 
Sevdim sevib ado bo‘ldim 
Sevmay o‘lay sevmay o‘lay 
Oq libosda ko‘rdim bugun 
Yor to‘yiga kelmay o‘lay 
Sensiz ko‘nglim to‘lmasmidi 
Balki ko‘nglim so‘lmasmidi 
O‘zgasiga tutmay seni 
Menga bersa bo‘lsa bo‘lmasmidi 
Sevgan edim endi afsus 
Foydasi yo‘q baxtli bo‘lgin 
Iltimosim senga maxsus 
O‘g‘il ko‘rsang ismim qo‘ygin 
Iltimosim senga maxsus 
O‘g‘il ko‘rsang ismim qo‘ygin 
Sevdim sevib ado bo‘ldim 
Sevmay o‘lay sevmay o‘lay 
Oq libosda ko‘rdim bugun 
Yor to‘yiga kelmay o‘lay 
Sevdim sevib ado bo‘ldim 
Sevmay o‘lay sevmay o‘lay 
Oq libosda ko‘rdim bugun 
Yor to‘yiga kelmay o‘lay 
		
	  |