Samandar Ergashev - Musofir qo'shiq matni

Cho'natiga bir ikki so'm solmagansiz
Yengil qilib qo'ymagansiz og'irini
U ham sizdek va meningdek oddiy inson
Orqasidan gapirmanglar musofirni

Uzoqlarda bekor o'ynab yurmagandur
Bolasini sog'inmasdan turmagandur
Balki uydan ketgisi ham kelmagandur
Orqasidan gapirmanglar musofirni

Sovuq nima bilmagan musofir
Bir bor o'zin o'ylamagan musofir
Oilam deb olislarda do'stlarin
To'ylarida to'ylamagan musofir

Sovuq nima bilmagan musofir
Bir bor o'zin o'ylamagan musofir
Oilam deb olislarda do'stlarin
To'ylarida to'ylamagan musofir

Ro'zg'or yukin oiladan uzoq qilar
Sovuq yurtda armonlari bag'rin tilar
Buni qanday azobligin bilar bilar
Orqasidan gapirmanglar musofirni

Qo'lin siltab o'z yurtimga kelsam deydi
Ota-onam oilamga yetsam deydi
Lek yo'qchilik biroz sabr qilgin deydi
Orqasidan gapirmanglar musofirni

Sovuq nima bilmagan musofir
Bir bor o'zin o'ylamagan musofir
Oilam deb olislarda do'stlarin
To'ylarida to'ylamagan musofir

Sovuq nima bilmagan musofir
Bir bor o'zin o'ylamagan musofir
Oilam deb olislarda do'stlarin
To'ylarida to'ylamagan musofir

Просмотров: 5 | Теги: Samandar Ergashev, Musofir | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен