Sevgilim sen gulim
Lolai ambarim
Hammadan dilbarim
Hammadan lobarim
Sen yonimda bo'lsang
Mazmunli kunlarim
Gar yiroqda yursang
Uyqusiz tunlarim
Men uchun o'zingni
Asragin har qachon
Begona nigohlar
Tushmasin sen tomon
Muhabbat otashi
Yondirar be omon
Ishq azobidan ham
Rashk azobi yomon
Senga tushmasin deb
Begona nigoh goh goh
Yoningda qoyadek
Turgim keladi
Seni yeru ko'kga
Ishonmayey ey voh
Cho'ntagimga solib
Yurgim keladi
|