Mashhur Muhammad - Erkak bo'l qo'shiq matni

Olim bo'lmas odam bo'l
Beg'am bo'lma sergak bo'l
Otang bilan onanga
Suyanchiq bo'l, tirgak bo'l
 
Ishonchli bo'l, sobit bo'l
Mard bo'lgin, dovyurak bo'l
 
Saxovatda o'rnak bo'l
Sadoqatda o'rnak bo'l
Muhabbatda o'rnak bo'l
Ermak bo'lmas erkak bo'l
 
G'ururing baland bo'lsin
Metin bo'lsin bardoshing
Og'ir kunlar kelganda
To'kilmasin ko'zyoshing
 
Sajdadan o'zga joyda
Egmagin yigit boshing
 
Haqiqatda o'rnak bo'l
Adolatda o'rnak bo'l
Adovatda o'rnak bo'l
Ermak bo'lmas erkak bo'l
Просмотров: 42 | Теги: Erkak bo'l, Mashhur Muhammad | Дата релиза: 06.05.2026 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен