Jaloliddin Ahmadaliyev - Janon qo'shiq matni

Kechib oliy farmonlaridan
Tushib g'urur osmonlaridan
Qaytib xijron tomonlaridan
Bizginani sog'indilarmu

Turnalardek qaygadur uchib
Ishqimizdan butunlay kechib
Sog'inmaymiz deya ond ichib
Yana bizni sog'indilarmu

Janon janon bizginani sog'indilarmu
Janon janon nahot bizni sog'indilarmu
Mehrimizning tutib xumori
Dardlariga topmayin dori

Bo'lolmayin o'zgani yori
Nahot bizni sog'indilarmu
Ketgandilar orani uzib
Orzularning qastdini buzib

Endi qaytish rejasin tuzib
Bizginani sog'indilarmu

Janon janon bizginani sog'indilarmu
Janon janon nahot bizni sog'indilarmu

Biz o'tinsak qilgandilar noz
Sevgimizni bilgandilar oz
O'tmay bir qish o'tmay bitta yoz
Darrov bizni sog'indilarmu

Singan shisha bo'larmu butun
Olov o'chib qolganda tutun
Biz sog'inmay qo'yganda nechun
Endi bizni sog'indilarmu

Janon janon bizginani sog'indilarmu
Janon janon nahot bizni sog'indilarmu

Просмотров: 48 | Теги: Janon, Jaloliddin Ahmadaliyev | Дата релиза: 23.05.2026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен