O‘t to‘la nigohim boqqanlarimni,
O‘zimga aytolmas yoqqanlarimni,
Yodidan chiqarmas raqamlarimni,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Dadsi uzatti oshnalariga,
Kulishdi men kabi tashnalariga,
SHe'rlar yozor edim poshnalariga,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Tunda borar edim gohida daydib,
Yozgan hatlarimni bermaydi qaytib,
O‘g‘lini chaqirar ismimni aytib,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Ko‘ksimda yuragim urib turubdi,
Ishlarim yurishmay yurib turibdi,
O‘g‘ling she'rlarimni aytib yuribdi,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Bilaklari oppoq yengi topilmas,
O‘zlaricha osmon tengi topilmas,
Bugun qo‘shiq aytsam og‘zi yopilmas,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Tan berib shiddatu shitoblarimga,
Qaboqlarin uyib hitoblarimga,
Dashat ololmaydi kitoblarimga,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Honishlar o‘tli nolangizdanam,
Uzr so‘rolmadim onanggizdanam,
Hovlimiz kichkina honanggizdanam,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar.
Goh qo‘limdan ketgan ihtiyormisiz,
Muhlislarim ichra sizham bormisiz,
Men bahtimni topdim baxtiyormisiz,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar,
Sovchilar yuborsam tegmagan qizlar.
|