Jaloliddin Ahmadaliyev - Ishqning chayqov bozorida qo'shiq matni

Ishqing chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Ne orzular xazon bo'ldi
Sadoqat ham arzon bo'ldi
Ishq ustida qora bulut
Visol chogi to'zon bo'ldi

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi
Ishq bobida

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi kelmadi

Dil bor edi gul lolada
To'kildi bir shabodada
Bilmadim choy ichganmidim
Cheti uchgan piyolada

Osmonda oy mo'ralagan
Quyosh qurgur qiralagan
Sevgi bilan o'rtamizga
Ola mushuk o'ralagan

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi
Ishq bobida

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi kelmadi

Qo'ldan nima kelar bo'ldi
Faqatgina kelar bo'ldi
Men sho'rlikka ishq libosi
Sal kichkina kelar endi

Ishqing chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Ishqing chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi
Ishq bobida

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi kelmadi

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi
Ishq bobida

Hech omadim kelmadi
Kelmadi kelmadi kelmadi

Просмотров: 6 | Теги: Jaloliddin Ahmadaliyev, Ishqning chayqov bozorida | Дата релиза: 21.07.2026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен