Jaloliddin Ahmadaliyev - Hech omadim kelmadi qo'shiq matni

Ishqning chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Ne orzular hazon bo'ldi
Sadoqat ham arzon bo'ldi
Ishq ustida qora bulut
Visol chog'i to'zon bo'ldi

Hech omadim kelmadi
Kelmadi ishq bobida
Hech omadim kelmadi
Kelmadi, kelmadi, kelmadi

Dilbar edi gul lolada
To'kildi bir shabbodada
Bilmadim choy ichganmidim
Cheti uchgan piyolada

Osmonda oy mo'ralagan
Quyosh qurg'ur hiralagan
Sevgi bilan o'rtamizga
Ola mushuk o'ralagan

Hech omadim kelmadi
Kelmadi ishq bobida
Hech omadim kelmadi
Kelmadi, kelmadi, kelmadi

Qo'ldan nima kelar endi
Faqatgina kelar endi
Men sho'rlikka ishq libosi
Sal kichkina kelar endi

Ishqning chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Ishqning chayqov bozorida
Ne yolg'onlar deyilmagan
Yuragimni sotaman men
Bir marta ham sevilmagan

Hech omadim kelmadi
Kelmadi ishq bobida
Hech omadim kelmadi
Kelmadi, kelmadi, kelmadi

Просмотров: 22 | Теги: Jaloliddin Ahmadaliyev, Hech omadim kelmadi | Дата релиза: 10.01.2026 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен