Ko'ngil degan shaharga ko'nmaydilar bu kishim
Ishqimizni nazarga ilmaydilar bu kishim
Biz tosh kelsa kemirsak ko'z yosh kelsa simirsak
Mingbor ozib semirsak bilmaydilar bu kishim
Bizni desa jonidan bir so'm ketmas yonidan
O'zining bir yonidan qolmaydilar bu kishim
Nazarga ilmaydilar sevgimiz bilmaydilar
Bilolmadim nelarni o'ylaydilar bu kishim
Kelmaydilar holimiz so'rmaydilar
Bilolmadim nelarni o'ylaydilar bu kishim
|