Yulduz Usmonova - Surma qo'shiq matni

Aslida kim qarardi
Yotganda xor surma,
Bo‘ldi aziz ko‘ziga
Surtganda yor surma.

Ko‘zda qaro na iz bul,
Tun dog‘idan asarmu,
Mayxona kezdim-u yo
Mastonavor surma.

Yor ko‘ziga yetishmak
Savdo ekan-ku dushvor.
Yonib ko‘mir bo‘libdi
Bechora zor surma.

O‘rtanma,kuyma ortiq
Jismim qaro ekan deb,
Ishq yo‘lida qarolik
Taqdirda bor, surma

Yor ko‘ziga yetishmak
Savdo ekan-ku dushvor.
Yonib ko‘mir bo‘libdi
Bechora zor surma.

Просмотров: 28 | Теги: Yulduz Usmonova, Surma | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен