Yulduz Turdiyeva - Mehribonim qo'shiq matni

Seni har on ko'rgan har zamon
Unutaman dardlarimni
Kipriklaring pir piratib
Eshitasan gaplarimni

Shirinsanki yuzlaringdan
Uzolmayman lablarimni
Mani qizim mani jonim
San gul yuzim, gul rayhonim

Go'zal ismi mehribonim
Mehribonim - mehribonim
Mehribonim - mehribonim
G'uncham mani gulim mani

Yulduzingman san osmonim
Ming bor shukur yaratganga
Nurli dunyo, yorug' jahonim

Mani qizim mani jonim
San gul yuzim, gul rayhonim
Go'zal ismi mehribonim

Qarab tursam sen bir kulsang
Zarra qolmas armonim
O'zing juda shirin bo'lsang
Qandoq qilay mehribonim

Agar bilsang hidlaringda
Bordur dardimga darmonim
Mani qizim mani jonim
San gul yuzim, gul rayhonim
Go'zal ismi mehribonim

Mehribonim - mehribonim
G'uncham mani gulim mani

Yulduzingman san osmonim
Ming bor shukur yaratganga
Nurli dunyo, yorug' jahonim

Mani qizim mani jonim
San gul yuzim, gul rayhonim
Go'zal ismi mehribonim

Просмотров: 38 | Теги: Mehribonim, Yulduz Turdiyeva | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен