Yorqinxo'ja Umarov - Kelinchak qo'shiq matni

Uzatamiz seni yor - yorlar bilan
Yurakdagi go'zal izhorlar bilan
Uzatamiz seni yor - yorlar bilan
Karnay surmay raqsu alyorlar bilan

Yillab asralgan nomusu orlar bilan
Yillab asralgan nomusu orlar bilan
Yor uyida baxtli bo'lgin kelinchak
Qo'llaringda tutib beshik belanchak

Yor uyida baxtli bo'lgin kelinchak
Qo'llaringda tutib beshik belanchak

Ota - onang yig'lar bir chetda mahzun
O'z uyinga begona bo'lding bugun
Baxtli yasha otangni baxti uchun
Baxtli yasha onangni baxti uchun

Halolingni qo'ygin har kimdan ustun
Halolingni qo'ygin har nedan ustun
Yor uyida baxtli bo'lgin kelinchak
Qo'llaringda tutib beshik belanchak

Yor uyida baxtli bo'lgin kelinchak
Qo'llaringda tutib beshik belanchak

Просмотров: 2 | Теги: Yorqinxo'ja Umarov, Kelinchak | Дата релиза: 02.03.2026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен