Boshimdan ne kunlar o‘tmadi
Kimlar kelib kimlar ketmadi
Og‘ir kunda ohimga Ona
Sizdan bo‘lak hech kim yetmadi
Boshimdan ne kunlar o‘tmadi
Kimlar kelib kimlar ketmadi
Og‘ir kunda ohimga Ona
Sizdan bo‘lak hech kim yetmadi
G‘amgusorim, jon rishtam Onam
Yerda yurgan farishtam Onam
Yerda yurgan farishtam Onam
G‘amgusorim, jon rishtam Onam
Yerda yurgan farishtam Onam
Yerda yurgan farishtam Onam
Murg‘ak tanam bag‘riga bosib
Oq sut bergan to‘zib ham ozib
Tunda qaytsam yorim uxlasa
Bedor kutgan dasturxon yozib
Dardim ketar ko‘rishsam Onam
Yerda yurgan farishtam Onam
Onajonim, jonim jon Onam
Butun dunyo mehri sizda jam
Ko‘zingizda ko‘rmayin hech nam
Sizni suyib farishtam dedim
Saramjonim, sarishtam Onam |