Yoqimli bir hid taralar atrofimdan,
Atirlarni sepib keldi qarab tursam.
Yaxshi ko’rsam ko’ramanu faqat zimdan,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?
Million yilda bir tug’ildim zo’rg’a endi,
Kim bas kelar million yillik zo’rga endi?
Shu holimga yaxshi ko’rsam go’rga endi,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?
Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.
E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.
Sen menga bir xat beribsan yangam aytdi,
Kel bir dangal gaplashaylik abed payti.
Meni senga mos emas deb kimlar aytdi?
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?
Atirgulni hidlagan dil mast bo’ladi,
Sevgimizni ezg’ilagan past bo’ladi.
Bizning sevgi oshiqlarga dars bo’ladi,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?
Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.
E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.
Qo’llaridan asta ushlab o’g’irlasammi?
Bir gap aytsam men yolg’izni tushunasanmi?
Boy emasman kambag’alga ko’nikasanmi?
Bitta o’psam nima qipti, bitta o’psam?
Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.
E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.