Qaydanam ko'ngil berdim ul bevafoga
Aylanib qolaman yana bedavoga
Shuncha yil sevganim ketadi havoga
Ketaver ko'z yummayman bu xatoga
Iltimos qiladi yuragimda nido
Sen uchun sevgini qilib bo'ldim judo
Nahotki atayin meni qildi ado
Unutib qolaman meni sevma xato
Man uchun xobbi sandaqala
Nomusi yo'q o'sha bir chaqala
Nima bo'ldi o'zi manga qara
Tarbiya olibsan lekin chala
Yuragim bugun qilib tatalab
Taslim bo'ldimmi sanga qarab
Sansiz alam mani yanchib tasholmadi
Qo'yildi nuqta hammasiga
Balki sinov bu bandasiga
Qo'ng'iroq qildim haftasiga
Ishondi o'zgani xaltasiga
Topishmoq bo'lib qolaverdi
O'zgadan gullar olaverdi
Qara sog'inch mani yanchib tasholmadi
Ortinga qaytma sendan to'yib bo'ldim
Yuragimdan sevgingni so'yib bo'ldim
Yolg'izlikdan ko'zlarim o'yib bo'ldim
Sen uchun o'ldim
Ortinga qaytma sendan to'yib bo'ldim
Yuragimdan sevgingni so'yib bo'ldim
Yolg'izlikdan ko'zlarim o'yib bo'ldim
Sen uchun o'ldim
Jim qabirga ko'mding meni yetmadimi
Arosatda yurganimda kelmadimi
Qo'l uchida ko'rsatishdi shu ahvoli
Yuzlaringda qolib ketgan so'ngi boli
Kimni tashlab ketganini bilmayapti
Yurakkinam yig'layapti sezmayapti
Balki uni hayoliga kelmayapti
O'sha topgan yori bilan eplayapti
|