Ulug'bek Rahmatullayev - Ayolingni sev qo'shiq matni

Hayolingni olmasin hech
Vafosi yo'q go'zallar
Avval o'yla oxiringni
So'ngra qo'ygin qadamlar

Dastingdan tortmasin hech
Azoblaru alamlar

Ayolingni sev ayolingni
Adolat qil xo'rlamagin
G'am g'ussaga o'ramagin
Alloh peshonanga yozgan halolingni

Ayolingni go'zal jufti halolingni
Qizg'anib sev borligicha ayolingni
Ayolingni go'zal jufti halolingni
Qizg'anib sev borligicha ayolingni

Ko'zda yoshi oqmasin hech
Sendan nolib yurmasin hech
Dog'da qolma bo'lmain kech
Yig'ib olgin hayolingni

Bog'ingni gul lolasini
Baxtga o'gir nolasini
Farzandlaring onasini
Boricha sev ayolingni

Adolat qil xo'rlamagin
G'am g'ussaga o'ramagin
Alloh peshonanga yozgan halolingni

Ayolingni go'zal jufti halolingni
Qizg'anib sev borligicha ayolingni
Ayolingni go'zal jufti halolingni
Qizg'anib sev borligicha ayolingni

Просмотров: 32 | Теги: Ulug'bek Rahmatullayev, Ayolingni sev | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен