Berkinaman ulardan
Topar laychavachchalar
It qopsa kuymas edim
Qopar laychavachchalar
Irilashib tishlashib
Oyog'imga ilashib
Go'rimga g'ishtlar tashib
Qopar laychavachchalar
Jonimni jon joyidan
Mehrga kon joyidan
Yurakni qon joyidan
Qopar laychavachchalar
Jonimni jon joyidan
Mehrga kon joyidan
Yurakni qon joyidan
Qopar laychavachchalar
Gap emasku naslda
Laycha ham it aslida
Quturib har fasldan
Qopar laychavachchalar
Iting do'st bo'lsa bo'lsin
Do'stlaring it bo'lmasin
Kuyinmagin, koyinma
Xudo bizni qo'llasin
Bir birini chaqirib
Goh pisib goh baqirib
Goho qo'ynimga kirib
Qopar laychavachchalar
Bir birini chaqirib
Goh pisib goh baqirib
Goho qo'ynimga kirib
Qopar laychavachchalar
Tortqilab tortar suyak
O'zining foydasiga
Gapirib nima qildim
Odamni maydasiga
Tinmaydi tushunmasga
Poyimga tumshuq tirab
Yolg'ondan yig'lamsirab
Qopar laychavachchalar
Kelinglar ey ko'paklar
G'ajib tashlang tanamni
Or qilaman rost gapim
Laycha qopsa O'ktamni
Kelinglar ey ko'paklar
G'ajib tashlang tanamni
Or qilaman rost gapim
Laycha qopsa O'ktamni
|