Shoxruz (Abadiya) - Sog'indim jon qo'shiq matni

Dardimga davo bo'lib kel
Chinakam vafo bo'lib kel
Charchadim bevafolardan
San mani sog'intirmay kel

Ko'rmasam bo'lmaydi
Bu qalbim ko'nmaydi
Xastaman deb bahona
Qilma yurak ko'tarmaydi

Sog'inchim bir dunyo
Uzoqdasan go'yo
Yonimda bo'lsang ham
Bosilmasa sog'inchim ro'yo

Sog'indim jon, yurak bo'ldi vayron
Bugun sani bir ko'ray, ko'rmasam rangim somon

Kelmasang ham oz'im boray
Joninga jon qo'shib boray
Sevasanku yashirma
Bugun man sani bir ko'ray

Dardim bilsang o'zingsan
O'zing o'rgatib qo'yibsan
O'zga janon kerakmas
Sani ishqingda telbaman

Sog'indim jon, yurak bo'ldi vayron
Bugun sani bir ko'ray, ko'rmasam rangim somon
Sog'indim jon, yurak bo'ldi vayron
Bugun sani bir ko'ray, ko'rmasam rangim somon

Просмотров: 35 | Теги: Shoxruz Abadiya, Sogindim jon | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен