Shoxruxbek Ergashev - Do'stlarim qo'shiq matni

Ortda qoldi qancha sarson yurganim
Kimga ayon ming yiqilib turganim
Faqat onam yonginamda qolgani
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim
Faqat onam yonginamda qolgani

Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim
Sog‘inganmush qadrim bilib kelipti
sovg‘angizdan mani ko‘nglim to‘lipti
Jigarim deb so‘zlashga kim qo‘yipti
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Alam qilar goh g‘aflatga botganim
Qarindoshdek yaqin deya chopganim
Shular bo‘ldi sirlarimni sotganim
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Alam qilar goh g‘aflatga botganim
Qarindoshdek yaqin deya chopganim
Shular bo‘ldi sirlarimni sotganim
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Kuylarimdan jo‘shib jo‘shib yuribsiz
Shamol bo‘lib men tomonga yelibsiz
Kimligingiz bildim bekor kelibsiz
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Sizga omad shoqollarni boshisiz
Biz tuproqmiz sizchi tillo toshisiz
Puli borni siylaydigan oshisiz
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Yosh boshimdan qancha kunlar o‘tmadi
Kimlar bo‘ldi kim yonimda bo‘lmadi
Yiqilsam ham g‘urur zarra sinmadi
Bir yo‘qlashga yaramagan do‘stlarim

Просмотров: 4 | Теги: Shoxruxbek Ergashev, Do'stlarim | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен