Bu dunyoga ishq kuyin
Chalish uchun kelganman
Sevilishmas men faqat
Sevish uchun kelganman
Bu dunyoga ishq kuyin
Chalish uchun kelganman
Sevilishmas men faqat
Sevish uchun kelganman
Yashashni hech o'rgatmang
Yig'lamayman yig'latmang
Ko'zyosh to'kish uchunmas
Kulish uchun kelganman
G'amlaring qo'y hayot
Tashvishlaring menga yor
Asli sening davringni
Surush uchun kelganman
Yo'llarimga qazing cho'g'
Qalbimda buyuk Alloh
Orqagamas oldinga
Yurush uchun kelganman
Orqagamas oldinga
Yurush uchun kelganman
Ey do'st sira o'ksinma
Yolg'izman deb kuyinma
Do'st bo'lib yoningda
Turish uchun kelganman
Goh mag'rur qolib dunyo
Gohida g'arib dunyo
Asli sening siringni
Bilish uchun kelganman
Asli sening siringni
Bilish uchun kelganman
Dilimdadur oqibat
Muhabbat qalbimda qad
Ey odamlar men sizni
Sevish uchun kelganman
Bu dunyoga ishq kuyin
Chalish uchun kelganman
Sevilishmas men faqat
Sevish uchun kelganman
Bu dunyoga ishq kuyin
Chalish uchun kelganman
Sevilishmas men faqat
Sevish uchun kelganman
|