Shahzod Sultonov - Hazon qo'shiq matni

Sendan juda ko'nglim qoldi
Kunlarim ham o'tmay qoldi
Gullar tergim kelmay qoldi
Seni kuzda sevgan edim
 
Yuragimda yashin urgan joylar qoldi
Ortimizdan suvlar sochib soylar qoldi
Ayro ketdik kuyib yulduz oylar qoldi
Seni kuzda sevgan edim
 
Hayotimni armoni bor
Sendan qolgan dog'lari bor
Bog'imdagi qizil gulning
Mendan boshqa bog'boni bor
 
Gul ,gul ,gul bahorim
Meni sevgan dildorim
Gul , gul , gul bahorim
Mendan kechgan dildorim
 
Boshqa o'pti zulfingni
O'yin qilding sevgimni
Yurak yondi gulxanda
Xiyonatkor yonimda
 
Mendan kechib ketdingmi
Boyvachchaga yetdingmi
Topolmading ko'nglingni
 
Mayin - mayin shamol endi esmay qoldi
Sharros quygan yomg'ir endi yog'may qoldi
Iforlaring menga endi yoqmay qoldi
Seni kuzda sevgan edim
 
Gul ,gul ,gul bahorim
Meni sevgan dildorim
Gul , gul , gul bahorim
Mendan kechgan dildorim
Просмотров: 8 | Теги: Hazon, Shahzod Sultonov | Рейтинг: 0.0/0