Sardor Mirzaliyev - Maxluqolar qo'shiq matni

Gʻurbatga solmang ey mahluqolar
Buncha qilursiz a jabru jafolar
Bagʻrimni koʻp ezmang aylab adolar
Sizga nahosil qoshi qarolar

Qoshi qarolar koʻzi qarolar
Soldi boshimga ey jabru jafolar
Qoshi qarolar koʻzi qarolar
Soldi boshimga ey jabru jafolar

Furqatda o'tdim g'amsiz yurolmay
Hilvat qilolmay yolg'iz yurolmay
Dastin ila qildim dardim surolmaye
Har kimga mayli bizga navolar

Qoshi qarolar koʻzi qarolar
Soldi boshimga ey jabru jafolar
Qoshi qarolar koʻzi qarolar
Soldi boshimga ey jabru jafolar

Ohimga boqmas ming nola qilsam
Jonlar yo'liga havola qilsam
Rahim aylamaydi yuzi qarolar
Ahdida turolmas bir bevafolar

Просмотров: 18 | Теги: Maxluqolar, Sardor Mirzaliyev | Дата релиза: 01.11.2026 | Рейтинг: 0.0/0