Sardor Mamadaliyev - Gulim ayt qo'shiq matni

Gulim ayt barchasi tamom bo'ldimi
Sevgimiz shunchalar arzon bo'ldimi
Olislab bormoqda tobora osmon
Biz qilgan orzular armon bo'ldimi

Erta tong yo'limni poylar edingku
Qo'limdan quchoqlab olar edingku
Pichirlab tushlar aytar edingku
Biz yurgan ko'chalar vayron bo'ldimi

Erta tong yo'limni poylar edingku
Qo'limdan quchoqlab olar edingku
Pichirlab tushlar aytar edingku
Biz yurgan ko'chalar vayron bo'ldimi

Gulim ayt barchasi tamom bo'ldimi
Biz qilgan orzular armon bo'ldimi
Qo'limda hirpirar bir varoq doston
Sevgimiz shunchalar arzon bo'ldimi

Surating silayman dudog'im bilan
Bag'rimga bosaman ardog'im bilan
Yoqarding qo'ynimda titrog'ing bilan
Otashin visollar hijron bo'ldimi

Erta tong yo'limni poylar edingku
Qo'limdan quchoqlab olar edingku
Pichirlab tushlar aytar edingku
Biz yurgan ko'chalar vayron bo'ldimi

Просмотров: 11 | Теги: Sardor Mamadaliyev, Gulim ayt | Рейтинг: 0.0/0