Ozod Shukrulloyev - Doim Yoningda qo'shiq matni

Bir kun kelib, bo'lmasam yoningda
Sho'x soy bo'lib, kuylayman isming
Bir kun kelib, bo'lmasam yoningda
Mayin shamol bo'lib, artayin ko'zyoshing

Yozgi yomg'ir bo'lib, yuzlaringni yuvib
Yoritay yo'llaringni, to'lin oy bo'lib
Doim yoningda sening soyang kabi
Axir takrorlaydi ismimni isming

O'tkinchi dunyo bu, ruhlar esa mangu
Meni ko'rish uchun ko'zlaringni yum
O'tkinchi dunyo bu, ruhlar esa mangu
Meni ko'rish uchun ko'zlaringni yum
Ko'zlaring.....

Meni izlasang tongda turib izla
Maysayu bog'lar ichra yolg'iz
Yurib izla, oynaga qara yuzlaringdan izla
Meni takror etgan ko'zlaringdan izla

O'tkinchi dunyo bu, ruhlar esa mangu
Meni ko'rish uchun ko'zlaringni yum
O'tkinchi dunyo bu, ruhlar esa mangu
Meni ko'rish uchun ko'zlaringni yum

Просмотров: 35 | Теги: Ozod Shukrulloyev, Doim Yoningda | Рейтинг: 0.0/0