Muxlisbek Qurbonov - Xohlasang ket qo'shiq matni

Hech tamom bo'lmadi tugamadi ishq
Ko'ksimga tirmashdi turfa tugunlar
Bugun seni sevgan so'nggi kunim deb
Qara uvol bo'ldi qancha bu gullar

Hech tamom bo'lmadi tugamadi ishq
Ko'ksimga tirmashdi turfa tugunlar
Bugun seni sevgan so'nggi kunim deb
Qara uvol bo'ldi qancha bu gullar

Mayli ko'nglim ming pora et
Yurak bag'rim vayrona et
Istasam ham majburlash yo'q
Xohlasang qol, xohlasang ket

Mayli ko'nglim ming pora et
Yurak bag'rim vayrona et
Istasam ham majburlash yo'q
Xohlasang qol, xohlasang ket

Yana shu shahrda yuzma yuz keldik
Netaylik bir boshqa shaharimiz yo'q
Biz balki baxtiyor bo'la qolardik
Balki baxtiyormiz xabarimiz yo'q

Yana shu shahrda yuzma yuz keldik
Netaylik bir boshqa shaharimiz yo'q
Biz balki baxtiyor bo'la qolardik
Balki baxtiyormiz xabarimiz yo'q

Просмотров: 12 | Теги: Xohlasang ket, Muxlisbek Qurbonov | Дата релиза: 21.05.2026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен