Mohim - Onajonim qo'shiq matni

Mehrini eshigi yopilmaydi hech
Bozorda tanlashga sotilmaydi hech
Qur'onda hattoki uning nomi bor
Onadek aziz zot topilmaydi hech

Duosini olgan qoqilmaydi hech
Hayotda hazonday to'kilmaydi hech
Dunyoni axtarib kezib kelsam ham
Onamdek aziz zot topilmaydi hech

Onajonim o'z jonindan jonin bergan onajonim
Tikanzordan gullar tergan Makkayu Madinamsiz
Dunyodagi bir donamsiz rayhonimsiz
Gullolamsiz onajonim

Onajonim o'z jonindan jonin bergan onajonim
Tikanzordan gullar tergan Makkayu Madinamsiz
Dunyodagi bir donamsiz rayhonimsiz
Gullolamsiz onajonim

Qo'lingda ne ish kelsa
O'rninga yig'lar
Qayda bo'lmasang ham
Dardingni bilar

Yoningda hamma vaqt
U kulib turar
Onadek ulug' zot
Topilmaydi hech

Bog'lab bermaganda onani biling
Qo'llarini o'pib ko'zizga suring
Ular borku barcha g'amni unuting
Onamizdek ona topolmaymiz hech

Onajonim o'z jonindan jonin bergan onajonim
Tikanzordan gullar tergan Makkayu Madinamsiz
Dunyodagi bir donamsiz rayhonimsiz
Gullolamsiz onajonim

Onajonim o'z jonindan jonin bergan onajonim
Tikanzordan gullar tergan Makkayu Madinamsiz
Dunyodagi bir donamsiz rayhonimsiz
Gullolamsiz onajonim

Просмотров: 41 | Теги: Onajonim, Mohim | Рейтинг: 5.0/1