Konsta - Qor qo'shiq matni

Har dekabr qish kelganda sog'inardim qorni
U eslatardi menga yoshligimni beg'uborni
U olib kelardi bayramona kayfiyatni endi
Bilmayman bu qorda bayramda nimadir bormi

Har dekabr qorlar edi yangi yilni ramzi
Sovuq tinmay o'ynar edik u damlar biram zo'r
Intizor kutardik qorni yangi yilga endi
Mayli qor kerakmas yangi yilim bo'lsin shamsiz

Qor nega buzasan huddi gulni tikandek
Har yil qishda kelasan atayin qigandek
O'tkan yili endi tayyor turaman degandim
Bu yil ham kelding kutilmaganda qish keganda

Har dekabr keganda kutar edim qorni
Ohirgi kunlar men faqat kutayapman bahorni
U olib kelardi bayramona kayfiyatni endi
Bilmayman bu qorda bayramda nimadir bormi

Mayli qo'y hammasini tashvishni chetga sur
Telefoningni keyinroq ishlatasan svet kesa
Senga bitta gul olib beray oyligimni yetkazib
Hammasi yaxshi bo'lib ketadi hali svet kesa

Mayli qo'y hammasini tashvishni chetga sur
Telefoningni keyinroq ishlatasan svet kesa
Senga bitta gul olib beray oyligimni yetkazib
Hammasi yaxshi bo'lib ketadi hali svet kesa

Muzlab qolsang yelkanga tashlayman kurtkam
Bahorda quyosh nurlarin ko'zga surtgin
Negadir bizga qor beradi turtki
Arzonroq chipta izlashga uzoq yurtga

Mayli qo'y ketamiz piyoda taksi yo'qmi
Ertaga hammasi yaxshi bo'lar aksi yo'qmi
Sovuq opkeldiyu quvurga sig'madi santa
Ohir yillar shu santani ham nafsi yomon

Kel qolamiz tongacha gulhanni yonida
Men sevgim borku issiq kammi xonada
Bag'rimga bosamiz ko'zga kelar uyqu
Ko'zlarim yumsam agarda hamma yonadi

Mayli qo'y hammasini tashvishni chetga sur
Telefoningni keyinroq ishlatasan svet kesa
Senga bitta gul olib beray oyligimni yetkazib
Hammasi yaxshi bo'lib ketadi hali svet kesa

Просмотров: 77 | Теги: Qor, Konsta | Рейтинг: 0.0/0