Jasmin - Buyurmadi baxt qo'shiq matni

Xatolarga boy berdim men yarim bo'lagimni
Soyalarga almashdim balkim yuragimni yuragimni
Bu dunyoda hammadan ko'p keragimni
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt

Kundan kun ortaverdi jafolar
Dardlarimga bermadi bir davolar
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt bo'ldi xatolar

Kundan kun ortaverdi jafolar
Dardlarimga bermadi bir davolar
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt bo'ldi xatolar

Hijron o'yin boshladi nahot
To'yin boshladi nahot
Senga senga menga

Ayriliq kuyin boshladi hayot
To'rin tashladi hayot
Senga senga menga

Topilmadi aslo bir najot
Birga bo'lmoq umrbod
Nega senga menga
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt

Meni o'zi aslida bu muhabbat
Bog'ida ildamlamadimi omadim
Taqdir tabassum berdi yuzlarimga
Gohida so'ngi qayg'uligin bilmadim

O'zing dillar dog'ida
Ammo hasrat dog'ida
Kulolmadim bir bor kulmadim
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt

Kundan kun ortaverdi jafolar
Dardlarimga bermadi bir davolar
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt bo'ldi xatolar

Kundan kun ortaverdi jafolar
Dardlarimga bermadi bir davolar
Buyurmadi baxt buyurmadi baxt bo'ldi xatolar

Просмотров: 144 | Теги: jasmin, Buyurmadi baxt | Рейтинг: 1.0/1

Похожие тексты песен