Jamshid Ximmatov - Yillar qo'shiq matni

Men seni yillardan asrab
Tomchilardan qizg'onardim
Beg'ubor ko'zinga qarab
Yulduzim seni sevardim

Mm, shamollar sen tomon esar
Sog'indim bir ko'rgim kelar
Oy yuzing osmondan so'rab
Yuraman yulduzlar sanab

Yana qayta kelsam ham bu dunyoga
Ishqning sharobin yana ichgan bo'lardim
Ming bitta go'zallar qolib bir yonga
Faqat seni - seni degan bo'lardim

Yana qayta kelsam ham bu dunyoga
Ishqning sharobin yana ichgan bo'lardim
Ming bitta go'zallar qolib bir yonga
Faqat seni - seni degan bo'lardim

Aytolmadim necha bora
Sukut bo'ldi javob ora
Og'riqdan dilim pora
Qaytsangchi endi yoram

Mm, shamollar sen tomon esar
Sog'indim bir ko'rgim kelar
Oy yuzing osmondan so'rab
Yuraman yulduzlar sanab

Yana qayta kelsam ham bu dunyoga
Ishqning sharobin yana ichgan bo'lardim
Ming bitta go'zallar qolib bir yonga
Faqat seni - seni degan bo'lardim

Yana qayta kelsam ham bu dunyoga
Ishqning sharobin yana ichgan bo'lardim
Ming bitta go'zallar qolib bir yonga
Faqat seni - seni degan bo'lardim

Просмотров: 41 | Теги: Yillar, Jamshid Ximmatov | Рейтинг: 5.0/1

Похожие тексты песен