Uzun ekan tor ekan bu sevgining yo'llari
Bir biriga zor ekan ikki oshiq dillari
Bandalari tushunmas yurakdagi nolasi
Hali bundoq sevmagan biron odam bolasi
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
Sevgimizni hurmati mendan umid uzib ket
Vadalarga qurilgan baxt qasrini buzib ket
Men taqdirning qo'lida bittagina soziman
Rozi bo'lgin sevgilim men ham sendan roziman
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
Seni jondan sevganim ikki bilardi
Layli, Majnun bo'lsa ham bizga havas qilardi
Yaqin ekan bunchalar dardu alam orasi
Jonimni yeb bitirdi hastalikni qorasi
Yaqin ekan bunchalar dardu alam orasi
Jonimni yeb bitirdi hastalikni qorasi
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
Alamlarni yurakka joyladiya joyladi
Sevgi bizni devona ayladiya ayladi
|