G'iyosbek Narzullayev - Yuragimda bir qiz yashar ijarada qo'shiq matni

Na visol na bayram bor biz bechorada
Majnun chiqqan emas edi shajarada
Xasrat bilan bandur madom koʻngil o'yum
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Axvolimdan doʻsti yor ogoh aytmasam ham
Borar yoʻlim aniq qaytsam qaytmasam ham
Qurg'ur ketar qolay demas xaydasam ham
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Hayollarim bog'lab ikki zulfi bilan
Ichkaridan yopib olgan qulfi bilan
Xudo bergan nasibasi umri bilan
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Goh oshirsa qon bosimim darajasin
Dorilarni ichib shunga yarashasin
Yashayapman to'lab hamma harajatin
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Sevgidan baxt topgan baxti badastirlar
Hammasini qo'shsa bizdek emasdirlar
Mushdek joyni qilib olib kadastirlar
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Bilolmasam ne ho'rlik og'aynilar
Bilolmasam mushtim zo'rlik og'aynilar
Qayga borsin g'ayrat sho'rlik o'gaynilar
Yuragimda bir qiz yashar ijarada

Просмотров: 68 | Теги: Yuragimda bir qiz yashar ijarada, G'iyosbek Narzullayev | Рейтинг: 5.0/1