Bitta yurak bitta sevar
Faqat isming aytib urar
Tushunmasin mayli ular
Bitta seni sevsam yetar
Boshqa sevish zavqi ham yo'q
Takror sevgi qadri ham yo'q
Sevasanmi farqi ham yo'q
Bitta seni sevsam yetar
O'ngimdayu xatto tushim
Vasling o'ylab uchar hushim
Bu dunyoda qilar ishim
Bitta seni sevsam yetar
Shubha qilma sevgimga bas
Sendan o'zgasi kerakmas
Kelganda ham so'ngi nafas
Bitta seni sevsam yetar
Boshqa sevish zavqi ham yo'q
Takror sevgi qadri ham yo'q
Sevasanmi farqi ham yo'q
Bitta seni sevsam yetar
Boshqa sevish zavqi ham yo'q
Takror sevgi qadri ham yo'q
Sevasanmi farqi ham yo'q
Bitta seni sevsam yetar
Bitta yurak bitta sevar
Faqat isming aytib urar
Tushunmasin mayli ular
Bitta seni sevsam yetar
|