Bunyodbek Saidov - Ota-onangdan boshqasi bir tiyin qo'shiq matni

Bosa olmas o‘rnini hech
Do‘stingman deb yurganlar
Akam ukam deya har kun
Yo‘ling poylab turganlar

Keragida qandlar berib
Oxirida pandlar berganlar
Bir tiyin ota onangdan o‘zgasi bir tiyin
Dasting borida do‘stingman deb

Har gapinga ko‘narlar
Ishi bitgach nomardlarcha
Ko‘rsatishar hunarlar
G‘ururingni poymol qilib

Qadringni pul sanarlar
Bir tiyin ota onangdan o‘zgasi bir tiyin
Bir tiyin oqibatsiz do‘stu yor bir tiyin
Sadoqatsiz jufti yor birtiyin

Narxing bersa narxi bor bir tiyin
Bir tiyin ota onangdan o‘zgasi bir tiyin
Kulib boring shilib ketar
Har qanaqa yo‘l bilan

Ko‘rsata olmaysan ularni
Davralarda qo‘l bilan
Kimni qadri gul bilandir
Kimni qadri pul bilan

Bir tiyin ota onangdan o‘zgasi bir tiyin
Biror bitta maqsad ko‘zlab
Chaqirarlar oshiga
Sen yaxshisan yaxshisanda

Kulfat kelsa boshiga
Sen yomonsan ishing tushib
Borsng agar qoshiga
Bir tiyin ota onangdan o‘zgasi bir tiyin

Просмотров: 29 | Теги: Bunyodbek Saidov, Ota-onangdan boshqasi bir tiyin | Рейтинг: 0.0/0