Benom guruhi - Chak chak qo'shiq matni

O'tmayapti kunlarim ham
Tinmayapti yurakda g'am
Menga nima qilar alam
Devonaman

Ko'zlarimga tordek dunyo
Yolg'izlanib qoldim go'yo
Bizlarga ko'z tegdimi yo
Hayronaman

Men seni sevaman
Sen ham meni sevasan
Nega hamon yarasholmadik
Xavotirdaman

Men seni sog'inib
Sen ham meni sog'inib
Ko'z uzolmaysan
Sahifalaring kuzatmoqdaman

Chak chak yomg'ir ham yog'ar
Tim tim ko'zyoshing yuvar
Jim ketaverasan arazlab mendan

Duk duk yuragim urar
Seni yupatgim kelar qayt
Bu nimaga kerak
Ayriliqda bo'lmaylik biz halak

Uzoqlardan tinmay qarab borolmayman
Holing so'rab ayrilamiz oddiy sabab
Hayronaman

Yoki g'urur yoki sendan
Kechish kerak qay biridan
Bu ne savdo og'ir ekan
Ovvoraman

Men seni sevaman
Sen ham meni sevasan
Nega hamon yarasholmadik
Xavotirdaman

Men seni sog'inib
Sen ham meni sog'inib
Ko'z uzolmaysan
Sahifalaring kuzatmoqdaman

Chak chak yomg'ir ham yog'ar
Tim tim ko'zyoshing yuvar
Jim ketaverasan arazlab mendan

Просмотров: 41 | Теги: Chak chak, Benom guruhi | Рейтинг: 0.0/0