Bu hayot yo'llarida
Qadamlar turli turli
Qadam bosib borar u
Odamlar turli turli
Erdamiz bo'ldi bugun
Bugun ham o'tar beg'un
To bomdoddan shomgacha
Har damlar turli turli
Qo'ling bo'lsa davlatda
Ko'krak kerib albatta
Soyamda bo'ldi katta
Deganlar turli turli
Mushtiga urib mushtin
So'karlar yetti pushtin
G'iybatlab odam go'shtin
Yeganlar turli turli
Hayot kimga pand bergan
Kimga novvot qand bergan
Olamda olam degan
Olamlar turli turli
Ko'ngling bilan ishi yo'q
To'rt faslki qishi yo'q
Chiroyi bor ishqi yo'q
Sanamlar turli turli
Kecha yoningda bo'lgan
Bugun ulg'ayib qolgan
O'gil qizingdan kelgan
U g'amlar turli turli
Gohi sendan yuz burar
Goho yoningda turar
Qarindosh do'stu jigar
Hamdamlar turli turli
Hushnud ko'nglim navo qil
Ko'nillarga sado qil
Faqat Alloh bitta bil
Qolganlar turli turli |