Aziz Yuldashev - Bilolmadim kimda ayb qo'shiq matni

Uzilib visol bo'ldi ko'nglimning shoki
Hozir alam bilan bitayabman bayt
Mensiz ahvolinga yig'laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt

Sening noming bilan oqajak bu qon
Bollashib bormoqda o'ylagan sarim
Ko'zlarim qarida egisak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularin

Sensiz on asrlar o'tganga o'xshar
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar
Sen tomon o'tmoqqa imkonim boru
O'rtada hech vaqo o'tganga o'xshar

Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb

Nima bo'ldi menga hayol jon talash
Majnun belbog'ining yirtig'i menda
Farhod ko'tarolmay qolgan kuch bardosh
Menga faqat menga ortig'i menga

Buni rizq degil va yoki gina
Mayli bo'lari shu holim parishon
Sening ovozing eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman ishon

Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb

Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb
Bilolmadim - bilolmadim kimda ayb

Просмотров: 53 | Теги: Bilolmadim kimda ayb, Aziz Yuldashev | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен