Anvar G'aniyev - Ayolingni ranjitma qo'shiq matni

Gul ifori taralgan orzularga o'ralgan
Qovurg'adan yaralgan ayolingni ranjitma
Boqaning qilma minnat asli u senga jannat
Qalbinga bo'lgan ziynat ayolingni ranjitma

Umid qilib mehriga ishongin ishq sehriga
Qolma deyman qahriga ayolingni ranjitma

Bergan mehring pesh qilib
Nodonlikni besh qilib
Mayda gapni esh qilib
Ayolingni ranjitma

Naqt olmosning asli u
Zumrat bahor fasli u
Momo havo vasli u
Ayolingni ranjitma

Gul ifori taralgan orzularga o'ralgan
Qovurg'adan yaralgan ayolingni ranjitma
Boqaning qilma minnat asli u senga jannat
Qalbinga bo'lgan ziynat ayolingni ranjitma

Просмотров: 10 | Теги: Anvar G'aniyev, Ayolingni ranjitma | Дата релиза: 16.01.2026 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие тексты песен