Boylar boyga boqarkan
Suvlar soyga oqarkan
Bilmas edim sevganimga
Boyning o‘g‘li yoqarkan
O‘ynatib qosh ko‘zini
Aylantirib so‘zini
Boyning tillo zariga
Sotib ketdi o‘zini
Men telba men devona
Yuraverdim o‘ylanib
Bugun o‘sha sevgimga
Boylar ketdi uylanib
Oyni olib beray deb
Cho‘zsam qo‘lim yetmadi
O‘shalar zor malakka
Mening pulim yetmadi
Yolg‘on ekan sevgisi
Yolg‘on ekan muhabbat
Bugun mening yonimda
Alamlar qoldi faqat
Yonib yonib kul bo‘ldim
Bevafoning ko‘yida
Yomg‘ir emas qor yog‘sin
O‘shal boyning to‘yida
Hammaga kech bu dunyo
Bizga kelsa tormikan
Kambag‘alni sevganiga
Boyvachchar zormikan
Hammaga keng bu dunyo
Bizga kelsa tormikan
Kambag‘alni sevganiga
Boyvachchalar zormikan
Hay hay o‘lan jon o‘lan
Quchoq quchoq gul bo‘lsin
Ikkimizni ayirgan
Pul o‘lsina pul o‘lsin
Hay hay o‘lan jon o‘lan
Quchoq quchoq gul bo‘lsin
Ikkimizni ayirgan
pul o‘lsina pul o‘lsin
|